"Qora oqqush. Sodir bo‘lish ehtimoli kam bo‘lgan voqeliklar taʼsiri - bu amerikalik publitsist Nassim Nikolas Talebningqalamiga mansubdir. Kitobda noyoblik va oldindan aytib bo‘lmaydigan hodisalarning g‘ayrioddiy taʼsiri, shuningdek, odamlarga retrospektiv tarzda oddiy tushuntirishlarni topish tendensiyasi ko‘rib chiqiladi. Taleb buni "Qora oqqush nazariyasi" deb ataydi va birinchi marta bu nazariyani ushbu kitobda qo‘llaydi.
Siyosatda Qora oqqush nima? Oldindan bashorat qilish qiyin va kamdan- kam uchraydigan voqealar muhim oqibatlarga olib keladi. Kitobda qora oqqushlar tabiatda noyob hisoblanganidek, bashoratchilar aslida bunday mahoratga ega emasligi, ular imkonsiz narsalar haqida gapirishlari misollar orqali yoritib beriladi.
Ushbu kamyob Qora oqqushlar dunyoda sodir bo‘layotgan deyarli barcha voqea-hodisalarni izohlab beradi - G‘oyalar va dinlarning muvaffaqiyat qozonishidan tortib, tarixiy voqealar dinamikasi va shaxsiy hayotimizning tafsilotlariga qadar.
Til | O'zbekcha |
Yozuv | Krilcha |
Betlar soni | 800 |
Nashriyot | Nurfshon Business |
Muqovasi | Qattiq |
Qog'oz formati | A5 |