Omina Shenlik o‘g‘li: Mariya

(0 Sharhlar)
sotuvda mavjud

Sotilgan:
Azbo books

Narx:
46 000 so'm /KG

Miqdor:
(10 mavjud)

Umumiy narx:

Oylik to'lov:

Baham ko'ring:

Sizga “Nasroniy atirguli”, “Vijdon azobi”, “Imomning maneken qizi”, “Dor ostidagi ayol”, “Johiliston kelini” kabi asarlari bilan tanish bo‘lgan turkiyalik adib Omina Shenliko‘g‘lining yana bir mashhur asarini — “Mariya” kitobini o‘zbek tilida taqdim etmoqdamiz. Bu adibning qaysi asarini o‘qimang, hammasida insonni kamolotga chorlaydigan, eʼtiqodni mustahkamlaydigan pand-nasihatlarni uchratasiz. Ayniqsa, qo‘lingizdagi asarni — “Mariya”ni hech bir mubolag‘asiz eʼtiqod ulug‘langan buyuk obida deyishingiz aniq.

Ushbu asarni adib hayotiy voqea asosida — bosh qahramonning hikoyasi bo‘yicha yozgan. Asar voqealari Germaniya va Turkiyada bo‘lib o‘tgan.

Asarning asosiy qahramoni nasroniy qiz — Mariya asar boshida irqchi va hatto millatchi shaxs sifatida ko‘zga tashlanadi. Lekin vaqt o‘tishi bilan boshqa irq va millat vakillari ham o‘zlari kabi inson ekanligini anglaydi.

Tasodifni qarang, Mariya ikkita musulmon yigit — misrlik Abdulvahhob va turkiyalik Mehmet — bilan tanishib, do‘stlashib qoladi. Mehmet bilan Mariya orasida muhabbat paydo bo‘ladi. Ular o‘zaro turmush qurishi uchun kimdir o‘z eʼtiqodidan voz kechishi kerak...

Abdulvahhob kim va u Mariyaning hayotida qanday rol o‘ynaydi? Mehmet aslida kim edi va u o‘z eʼtiqodini o‘zgartiradimi? Mariyaning otasi Sem va onasi Tereza qanday insonlar edi?

Abdulvahhob va nasroniylar yepiskopi o‘rtasidagi bahs qanday yakunlanadi va Mariya bularning bahsidan keyin qay ahvolga tushadi?

Mariya Turkiyaga nima uchun keladi va u maqsadiga erishadimi? Mariya, haqiqatan ham, Mehmetni sevarmidi yoki?.. Mehmet va Mariya o‘zaro turmush qurishadimi? Abdulvahhobning taqdiri qanday yakunlanadi?

Ushbu savollarga asarni o‘qish davomida javob topasiz!

Ushbu mahsulot uchun hali sharhlar mavjud emas.
ISBN978-9943-7200-4-6
TilO'zbekcha
YozuvKirillcha
Betlar soni288
NashriyotZukko kitobxon
MuqovasiQattiq
Qog‘oz formatiA5
Chop etilgan yili2021

Tegishli mahsulotlar

Azboo
Azbo.uz kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab tovarlarni yetkazib beradi.

Aloqa haqida ma'lumot

  • Manzil: Tashkent, Baynalmilal
  • Telefon: +998 (55)-506-0102 +998 (55)-500-0102
  • Elektron pochta: azbouz@gmail.com