Den Braun: “Raqamli qalʼa“

(0 Sharhlar)
sotuvda mavjud

Sotilgan:
Azbo books

Narx:
45 000 so'm /KG

Miqdor:
(10 mavjud)

Umumiy narx:

Oylik to'lov:

Baham ko'ring:

Qo‘lingizdagi kitob zamonaviy jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri, butun dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq nusxada kitob sotgan Den Braunning “Raqamli qalʼa“ romanidir. Ushbu roman Den Braunning ilk romani bo‘lib, asar shu zahoti Den Braunga butun dunyoga mashhurlikni olib keladi. Bugungi kunda Den Barun “New York Times“ nashri tomonidan bir necha bor dunyoning eng mashhur 100 insoni sifatida eʼtirof etilgan va uning asarlari doim dunyodagi yangi bestsellerlar ro‘yxatida eng birinchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ayni vaqtda yillik 156 million AQSH dollari daromad bilan, Den Braun jahonda eng ko‘p daromad qiladigan yozuvchilardan biri ham hisoblanadi. Uning boshqa bir “Da Vinchi kodi“ nomli asari o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish.

«Raqamli qalʼa» romani adibning ilk romani bo‘lib, asar 1998-yilda yozilgan. Asarning yozilishiga Den Braun hayotda o‘zi guvohi bo‘lgan voqea sabab bo‘ladi. Den Braun o‘zi dars beradiganDen Braun: “Raqamli qalʼa“

Universitetdagi talaba do‘stiga elektron pochta orqali hazillashib AQSH prezidentiga suiqasd qilmoqchi ekanligini yozganligidan so‘ng AQSH “Milliy xavfsizlik agentligi“ xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri bo‘lib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Bu vaziyat uni qiziqtirib qo‘yadi va u elektron xavfsizlik haqida asar yozishga qaror qiladi. Uyiga kelib asarni yoza boshlagan paytda elektron pochta orqali virus kelib, kompyuterining qattiq diski kuyib qoladi. Bundan xavotir olgan Den Braun “Milliy xavfsizlik agentligi“ va undagi dovyurak razvedkachilar haqida shov-shuvli kitobni chop etadi. 

Asarda raqamli xavfsizlik, vatan xavfsizligi yo‘lida ishlaydigan jasur shaxslarning hayoti, ular uchraydigan xavf masalalari ko‘tarilgan. Ushbu asarda ham vatanparvarlik, ham ehtirosli sevgi, ham qiziqarli maʼlumotlar, ham sizni o‘z dunyosiga sayohat qildiradigan ajoyib syujetni topasiz. Asar voqealari AQSH, Ispaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar hududida o‘tishi, voqealarning tez va kutilmagan rivoji sizni o‘ziga maftun qiladi. 

Umid qilamizki, Den Braunning sodda va qiziqarli o‘ziga xos realistik uslubi o‘zbek kitobxonlariga maʼqul keladi. 

Ushbu mahsulot uchun hali sharhlar mavjud emas.
ISBN978-9943-23-148-1
TilO'zbekcha
YozuvKirillcha
MuallifDen Braun
NashriyotHilol nashr
MuqovasiYumshoq
Qog‘oz formatiA5
Chop etilgan yili2019


Tegishli mahsulotlar

Azboo
Azbo.uz kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab tovarlarni yetkazib beradi.

Aloqa haqida ma'lumot

  • Manzil: Tashkent, Baynalmilal
  • Telefon: +998 (55)-506-0102 +998 (55)-500-0102
  • Elektron pochta: azbouz@gmail.com