Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin

(0 Sharhlar)
sotuvda mavjud

Sotilgan:
Azbo books

Narx:
75 000 so'm /KG

Miqdor:
(35 mavjud)

Umumiy narx:

Oylik to'lov:

Baham ko'ring:

№1 “NEW YORK TIMES” BESTSELLERI

“Ushbu kitob dunyoda qiymat yaratish boʻyicha mutlaqo yangi va tetiklantiruvchi gʻoyalarni taqdim etadi”

— Mark Sukerberg, Meta bosh direktori

“Piter Til bir nechta ilgʻor kompaniyalarni qurdi va “Noldan birga” kitobi buni qanday qilishni koʻrsatadi.“

— Elon Mask, SpaceX va Tesla bosh direktori

Zamonamizning eng katta siri shundaki, hali oʻrganilmagan chegaralar va yaratilishi kerak boʻlgan yangi ixtirolar mavjud. Afsonaviy tadbirkor va investor Piter Til “Noldan birga” kitobida yangi narsalarni yaratuvchi kompaniyalarni qurish usullarini qanday topishimiz mumkinligini koʻrsatadi.

Til oʻz asarini mobil qurilmalarga mukkamizdan ketib, buni sezmayotgan boʻlsak ham, aslida texnologik turgʻunlik asrida yashayotganimizni koʻrsatish bilan boshlaydi. Axborot texnologiyalari tez surʼatda rivojlandi, ammo taraqqiyot faqat kompyuterlar yoki Silikon vodiysi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Har qanday sanoat yoki biznes sohasida taraqqiyotga erishish mumkin. Bunda xar bir lider oʻzlashtirishi kerak boʻlgan eng muhim mahorat — mustaqil fikrlashni oʻrganishdir.

Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri

“Aniq yozilgan, mantiqiy va amaliy, “Noldan birga” asarini nafaqat ishbilarmon tadbirkorlar, balki dunyo istiqbollari haqidagi hozirgi gʻam-gʻussaga alternativ izlayotgan har bir kishi oʻqishi kerak.”

- The Economist

“Tavakkalchi kitob yozsa, uni oʻqing. Piter Til misolida, uni ikki marta oʻqing. Yoki xavfsiz boʻlish uchun uch marta. Bu klassika.“

- Nassim Nikolas Taleb, “Tasodif bilan aldanganlar” va “Qora oqqush” muallifi

“Noldan birga” — har qanday amaldagi yoki havaskor tadbirkor oʻqishi kerak boʻlgan birinchi kitob.“

- Mark Andreessen, dunyodagi birinchi veb-brauzerning hammuallifi, Netscape asoschilaridan biri va Andreessen Horowitz kompaniyasining venchur kapitalisti

“Til oʻzining falsafa, tarix, iqtisod, antropologiya va madaniyat boʻyicha keng koʻlamli va oʻziga xos faoliyatiga asoslanib, bugungi kunda Amerikaning yetakchi jamoatchi ziyolisiga aylandi”

- Fortune

“Noldan birga — bu yirik kompaniyalar va tadbirkorlar uchun tinimsiz takomillashtirish uchun muhim qoʻllanma. Uni oʻqing, Piterning chaqirigʻini qabul qiling va kutilganidan ham ortiqroq biznes yarating.“

- Jeff Immelt, GE raisi va bosh direktori

“Har kim oʻqishi kerak boʻlgan birinchi va oxirgi biznes kitobi; nollar dunyosida.“

- Nil Stivenson, “Snow Crash”, “Baroque Cycle” va “Cryptonomicon” kitoblari muallifi

Mualliflar haqida

Piter Til — tadbirkor va investor. 1998-yilda “PayPal” kompaniyasiga asos soldi, uni bosh direktor sifatida boshqardi. 2002-yilda uni ommabop platformaga aylantirib, tezkor va xavfsiz onlayn savdo uchun yangi davrni boshlab berdi. 2004-yilda u “Facebook” tarmogʻiga ilk tashqi sarmoyasini kiritdi — hozirda direktorlar kengashidan joy olgan. Xuddi shu yili tadbirkor “Palantir Technologies” dasturiy taʼminot kompaniyasini ishga tushirdi, u milliy xavfsizlik va global moliya sohalaridagi tahlilchilarning imkoniyatini kengaytirish uchun kompyuterlardan foydalanadi. Piter Til “LinkedIn”, “Yelp” va boshqa oʻnla texnologik startaplarning birinchi investori hisoblanadi, ularning koʻpini “PayPal” mafiyasi — Piterning sobiq hamkasblari boshqaradi.

Hozirda u Kremniy vodiysida joylashgan “Founders Fund” venchur kapital firmasining hamkori. Firma “AirbnB” va “SpaceX” kabi loyihalarda ishtirok etgan. Piter nafaqat kollejga borish, balki u yerda oʻqish muhimligi haqidagi gʻoyasi bilan mashhur boʻlgan “Thiel Fellowship” hamda ommaga ilgʻor texnologiyalar va uzoq muddatli fikrlashni taqdim etuvchi “Thiel Foundation”ga asos solgan.

Bleyk Masters 2021-yilda Stenford yuridik maktabida oʻqiganida, Piterning “Kompyuter ilmi 183: Startap” kursidagi batafsil qaydlari internetda shov-shuvga aylandi. Kollejni tugatgach, u huquqiy axborotni tahlil qilish va tartibga solish texnologiyasini ishlab chiqadigan “Judicata” startapiga asos soldi.

Ushbu mahsulot uchun hali sharhlar mavjud emas.
ISBN978-9943-23-221-1
TilO'zbekcha
YozuvKrilcha
Betlar soni256
NashriyotHilol nashr
MuqovasiQattiq
Qog‘oz formatiA5
Chop etilgan yili2023
Azboo
Azbo.uz kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab tovarlarni yetkazib beradi.

Aloqa haqida ma'lumot

  • Manzil: Tashkent, Baynalmilal
  • Telefon: +998 (55)-506-0102 +998 (55)-500-0102
  • Elektron pochta: azbouz@gmail.com