Ixtiyar Dosmetov: Qadam-baqadam cheksiz imkoniyatlar sari

(0 Sharhlar)
sotuvda mavjud

Sotilgan:
Azbo books

Narx:
245 000 so'm /KG

Miqdor:
(10 mavjud)

Umumiy narx:

Oylik to'lov:

Baham ko'ring:

Muallif o‘zining o‘n yetti yillik tajribalariga asoslanib yozilgan “Qadam-baqadam” kitobi orqali tizimli hayot boshlash, qadam-baqadam moliyaviy o‘sish, munosabatlarni tiklash, sog‘liq va energiyani yaxshilash hamda shaxs sifatida rivojlanish yo‘llarini o‘rgatadi. Zero, mazkur kitobdan joy olgan bilim va ko‘rsatmalar minglab insonlarning hayoti o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. U o‘zining asosiy missiyasini: “Men insonlarga ko‘mak berishdan ortiq yaxshi xizmat topa olmadim”, deya ifodalaydi.“Aslida, faqatgina moliyani o‘ylab yashashdan yomon narsa yo‘q va bunday yashash tarzi bizning hayotimizni izdan chiqaradi. To‘g‘ri, moliya albatta muhim, lekin u eng muhimi emas. Har bir inson o‘zi xohlagan hayot tarzida yashash uchun intiladi. Sababi, uning yuksak marralarga erishishi, shaxs sifatida shakllanib o‘z sohasida rivojlanishi, munosabatlari yaxshilanib, moliyaviy erkinlikka erishishi uchun hozirgi ahvoli qay darajada bo‘lishidan qatʼi nazar o‘z ustida ishlab, biznesini yo‘lga qo‘yishi, faoliyat yuritayotgan kasbida yetakchi bo‘lishga harakat qilishi, yaʼni hayotini qadam-baqadam tizimlashtirib borishi shart. Shundagina unga muvaffaqiyat sari cheksiz imkoniyatlar yo‘li ochiladi. Siz ham yaxshilab o‘ylab ko‘ring, hayotingizdagi eng asosiy jabhalar tizimlashganmi? Agar hali ishonchingiz komil bo‘lmasa, demak hayotingizni tizimli qilish vaqti keldi. Demak, hamma gap tizimda! Faoliyatim davomida moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan suhbatlashar ekanman, ularning moliyaviy yutuqlari to‘laqonli baxt keltirmaganiga amin bo‘ldim. Ularning aksariyati o‘zini namoyon etolmagani va bolaligida orzu qilgan kasb yoki hayot tarziga erisha olmaganlarini aytishadi. Aslida, ichimizda bizning bolaligimiz bor va u baxtli bo‘lmaguncha biz baxtli bo‘lolmaymiz. Siz onasidan ayrilgan insonning yig‘laganini ko‘rganmisiz? Aslida, uning ichidagi bolakay yig‘laydi. O‘sha vaqtda u butun borlig‘i bilan ichidagi bolani tinglaydi. O‘zining ulg‘aygani, lavozimi yoki hayotdagi o‘rni haqida unutadi. To‘laligicha bolakay nimani xohlasa, shuni qiladi. Yaʼni, haqiqiy o‘ziga aylanadi. Yosh boladay onasini izlab, ho‘ngrab yig‘laydi... Yodingizda bo‘lsin, agar ichingizdagi bolakay o‘zini topsagina, sizga muvaffaqiyatlar kafolatlangan!”, – deydi Ixtiyar Dosmetov. “Qadam-baqadam” kitobi yilning oxiriga qadar 100.000 nusxada chop etilishi rejalashtirilgan va hali nashrdan chiqmasidanoq 10.000 ta kitobning xaridori tayin edi. Muallifning shogirdlari, yaʼni yurtimizdagi ko‘zga ko‘ringan biznesmen va soha egalari tomonidan xarid qilingan kitoblar o‘z egalariga bosqichma-bosqich yetkazilmoqda.

Ushbu mahsulot uchun hali sharhlar mavjud emas.
ISBN978-9943-6578-1-6
TilO'zbekcha
YozuvKirillcha
Betlar soni216
NashriyotO'zbekiston
MuqovasiQattiq
Qog‘oz formatiA5
Chop etilgan yili2020

Azboo
Azbo.uz kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab tovarlarni yetkazib beradi.

Aloqa haqida ma'lumot

  • Manzil: Tashkent, Baynalmilal
  • Telefon: +998 (55)-506-0102 +998 (55)-500-0102
  • Elektron pochta: azbouz@gmail.com