Oldos Haksli: Ajib yangi dunyo

(0 Sharhlar)
sotuvda mavjud

Sotilgan:
Azbo books

Narx:
47 000 so'm /KG

Miqdor:
(10 mavjud)

Umumiy narx:

Oylik to'lov:

Baham ko'ring:

Ajib yangi dunyo“ ingliz yozuvchisi Oldos Hakslining 1931-yilda yozilib, 1932-yilda nashr etilgan, distopik, ijtimoiy-fantastik romanidir. U fuqarolari aql-idrokka suyanuvchi, ijtimoiy iyerarxiya tartiboti qaror topgan futuristik butunjahon mamlakati toʻgʻrisida hikoya qiladi. Unda reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi taʼlim, ruhiyatga taʼsir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalaridagi ulkan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi. Bu jamiyatga birgina inson — asarning bosh qahramoni qarshi chiqadi.

Oldos Hakslining jahon adabiyotida chuqur ahamiyat kasb etgan shoh asari “Ajib yangi dunyo“da tengsizlik hukm suruvchi, texnologik rivojlangan kelajakni taftish qiladi. Bu mamlakatda odamlar avtoritar boshqaruv tizimiga xayrixoh boʻlishi uchun genetik yoʻl bilan koʻpaytiriladi, ijtimoiy jihatdan moslashtiriladi hamda farmatsevtik yoʻl bilan kuchsizlantiriladi. Bularning bari insonni erkiodamiylik qiyofasi va, ehtimol, qalbidan mahrum qiladi.

Benazir isteʼdod egasi boʻlgan Haksli bir vaqtning oʻzida ham sanʼatkor, ham ruhshunos, ham inson tabiati va taraqqiyotining eng yorqin taftishchilaridan biri edi. Uning durdona asari – “Ajib yangi dunyo” millionlab oʻquvchilarni hayrat va vahimaga soldi, bizni ogohlantiruvchi, oʻyga toldiruvchi ajoyib badiiy asar oʻlaroq, bugungi kungacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi.

1930-yilgi fashizm bulutlari soyasi ostida yozilgan ushbu asar nafaqat oʻsha davr jamiyatlariga, balki ommaviy koʻngilxushlik, texnologiya, tibbiyot, farmatsevtika, koʻndirish sanʼati va elitaning yashirin taʼsiri hukmronlik qilayotgan XXI asr dunyosiga ham murojaat qiladi.

Ushbu mahsulot uchun hali sharhlar mavjud emas.
ISBN978-9943-23-192-4
TilO'zbekcha
YozuvKirillcha
Betlar soni260
NashriyotHilol nashr
MuqovasiYumshoq
Qog‘oz formatiA5
Chop etilgan yili2021

Azboo
Azbo.uz kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab tovarlarni yetkazib beradi.

Aloqa haqida ma'lumot

  • Manzil: Tashkent, Baynalmilal
  • Telefon: +998 (55)-506-0102 +998 (55)-500-0102
  • Elektron pochta: azbouz@gmail.com