Kara Elvill Leyba: Girl code: shaxsiy hayotda, do'stlik va biznesda muvaffaqiyat kodini qanday ochish mumkin

(0 Sharhlar)
sotuvda mavjud

Sotilgan:
Azbo books

Narx:
46 000 so'm /KG

Miqdor:
(10 mavjud)

Umumiy narx:

Oylik to'lov:

Baham ko'ring:

Dunyo jadal surʼatlarda yosh, quvvati ichiga sig‘maydigan, o‘z biznesi va aql bovar qilmas karyera haqida orzu qiluvchi qizlar qo‘liga o‘tib ketayotganini siz ham payqagandirsiz? Kara Elvill Leyba bir necha yillardan buyon shundaylar uchun Diet of Champagne blogini yuritadi. Bugunga kelib blogni ikki yarim milliondan ortiq kishi o‘qiydi va tinglaydi. Qo‘lingizdagi kitob blogdagi eng yorqin fikrlarni jamlagan. U o‘z ishida muvaffaqiyatga erishishni istagan qizlar uchun "yo‘l xarita" si taqdim etadi. To‘qqiz bobning har biri g‘ayrioddiy ayol hikoyasi bilan yakunlanadi.

Ushbu kitobdan siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • atrofingizga muvaffaqiyatli va ijobiy munosabatdagi ayollarni qanday to‘plash kerakligini;

  • raqobat tuyg‘usini hamkorlikka, hasad tuyg‘usini - samimiy faxr tuyg‘ulariga aylantirish uchun nima qilish kerakligini;

  • yaqinlaringiz hukmini sizning yutuqlaringizdan so‘zsiz hayratga o‘zgartira olishni;

  • shaʼningizga bildirilgan salbiy fikrlarni o‘zingizga olmaslikni;

  • obro‘-eʼtiboringizga putur yetkazadigan odam paydo bo‘lsa, nima qilish kerakligini;

  • o‘zingizni betakrorligingizga ishonish va o‘zgalarga havas qilishdan to‘xtashni;

  • g‘azabingizni qanday bosish va atrofdagilarga mehr-shafqat ko‘zi bilan qarashni o‘rganishni;

  • haqiqiy do‘st orttirishda sizga nimalar yordam berishini.

Ushbu mahsulot uchun hali sharhlar mavjud emas.
ISBN978-9943-6748-5-1
TilO'zbekcha
YozuvKirillcha
Betlar soni208
NashriyotSharq ziyo zakovat
MuqovasiQattiq
Qog‘oz formatiA5
Chop etilgan yili2021

Azboo
Azbo.uz kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab tovarlarni yetkazib beradi.

Aloqa haqida ma'lumot

  • Manzil: Tashkent, Baynalmilal
  • Telefon: +998 (55)-506-0102 +998 (55)-500-0102
  • Elektron pochta: azbouz@gmail.com