Nuriddin Yildiz: Bu ummatning qizi

(0 Sharhlar)
sotuvda mavjud

Sotilgan:
Azbo books

Narx:
46 000 so'm /KG

Miqdor:
(10 mavjud)

Umumiy narx:

Oylik to'lov:

Baham ko'ring:

Nuriddin Yildiz 1960 yili Turkiyaning Trabzondagi Of qishlog‘ida tug‘ildi. Qurʼon hofizligini va ilk diniy taʼlimni otasi, bosh imom-xatib Hilmi Yildizdan oldi. Istanbul-Gaziosmanpasha imom-xatib litseyida o‘qiyotganda har hafta turli gazetalarda uning maqola va tarjimalari chop etila boshlandi. Shu bilan birga, imom-xatiblik kursini ham davom ettirdi. Imom-xatib litseyini tugatib, Marmara universitetining ilohiyot fakultetida bir semestr o‘qigach, Makkadagi Ummul Quro universitetida ilm tahsilini davom ettirdi. Bu yerda usuli fiqh bo‘limini tamomladi. Makkada bo‘lgan paytida hadis ustozlaridan dars va ijozalar oldi. Suriyalik muhaddis Abdulfattoh Abu G‘udda, hindistonlik olim Abul Hasan an-Nadviy va Usmonli ulamolarining so‘nggi davr vakillaridan biri Mehmet Emin Sarach xo‘ja afandilar shunday ustozlardan edi. Istambulga qaytib kelganidan so‘ng, o‘zi yashab turgan jamiyat hayotining taʼlim yo‘nalishiga yangiliklar kiritish payida bo‘ldi. Qurʼon hofizligi va diniy taʼlim sohasi bo‘yicha turli muassasa va tashkilotlarda guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida o‘ziga xos izlanishlar olib bordi. Tarjimalar bilan bir qatorda mustaqil asarlar yoza boshladi.

O‘zini zamonaviy ko‘cha qizi emas, Madina madaniyatining o‘z davridagi vakili deb biladigan, hijobdan ilmgacha bo‘lgan barcha sohalarda ushbu ummatning qizi bo‘lish zaruratini Badrdagi mujohidlarning hayajoni ila amalga oshirishga intilgan muborak qizlarga... Tilingiz bilan duo qilganingizda yodingizdan chiqmaylik deb... Alloh uchun ter to‘kkan paytingizdagi buyuk amallaringiz vasila bo‘lib, Alloh bizga rahmatlarini yog‘dirsin deya... Mana shunday qizlarga va suyukli qizimga...

Ushbu mahsulot uchun hali sharhlar mavjud emas.
ISBN978-9943-7272-5-0
TilO'zbekcha
YozuvKirillcha
Betlar soni244
NashriyotAzon kitoblari
MuqovasiQattiq
Qog‘oz formatiA5
Chop etilgan yili2021
Azboo
Azbo.uz kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab tovarlarni yetkazib beradi.

Aloqa haqida ma'lumot

  • Manzil: Tashkent, Baynalmilal
  • Telefon: +998 (55)-506-0102 +998 (55)-500-0102
  • Elektron pochta: azbouz@gmail.com