Iqbol Mirzo: Bonu (yumshoq muqova)

(0 Sharhlar)
sotuvda mavjud

Sotilgan:
Azbo books

Narx:
45 000 so'm /KG

Miqdor:
(4 mavjud)

Umumiy narx:

Oylik to'lov:

Baham ko'ring:

Roman shu yaqin kunlar, “bozor iqtisodi”, “globallashuv” davri hayoti va bu hayotning serpo‘rtana, sertahlika, seraldov, serro‘yo voqealari va bu dog‘uli voqealarni harakatga solgan, ularni “xarakterli” qilgan odamlarni sahnaga olib chiqqan.

Roman shitob bilan yozilgan va o‘quvchi ham tabiiy shitob bilan voqealar ichiga, qahramonlarning taqdir dunyosiga kirib boradi.

Roman shu “bozor” zamonida ko‘p fojiali damlar, fojiali sho‘rishlar, ayriliqlar, xiyonatlar, sharmandaliklar, razolatlarni o‘z boshidan kechirgan Bonu degan go‘zal qiz – muallimaning tilidan maktublar, kundaliklar, xotiralar tarzi-usulida bitilgan. Bu juda intim, o‘ta intim hikoyaki, unga “bitik” so‘zi juda mos, ayni badiiy-psixologik hodisani to‘g‘ri ifodalaydi. Bonu bitiklari o‘z hayoti tarixiga misoli girdob, misoli sahro quchog‘i kabi olib kirib ketadi. Bir insonga bergan hayot, jon, tiriklik evaziga Xudo uni shunchalar ko‘p, chigal, og‘irdan og‘ir, mushkuldan mushkul sinovlarga tashlaydiki, “axir buning maʼnosi nima?” – deb, kishi yana eng qadim “Ayyub nidosi”, Ayyub sabrini eslaydi va Odam Atodan qolgan ekan-da bu dardu sinovlar, deb o‘yga toladi. Go‘zal Bonu Ayyubdan ham ko‘proq yengish, chidash, ko‘tarish, qariyb ilojsiz sinov-sinoatlarga duch keladi. Yengib o‘tish, omon qolish imkonsiz bo‘lib ko‘ringan holatlarda u favqulodda matonat ko‘rsatadi. Biz “Chol va dengiz”, “Oq kema”, “Qiyomat”da ham shunday favqulodda ruhoniy qudrat kasb etgan matonat – epik shoirona matonat hodisasiga duch kelganmiz. Bonu timsoli bu insoniy matonatni yana boshqa bir ulug‘ harakatlantiruvchi kuch – Oriyat favqulodda quvvatlantirib, favqulodda insoniy hodisaga aylantirib turadi.

Inson jozibasi nima ekanligi, mohiyat-mazmuni nimada ekanligini biz Bonu bitiklari orqali yurak-ongimiz alam-nomusdan xinadek ezilib, u bilan birga dodu faryod ko‘tarib, u bilan birga dodu faryodimizga yetolmay, kuzatib boramiz.

Girdob naqadar dahshatli ekanini Bonu bilan birga boshdan o‘tkazamiz: voy-yey! Suf bu dunyo – bu dunga, deb hayqiramiz. Bonudagi umuminsoniy kuch va saliqa kasb etgan Oriyat! Nomus! – millat, insoniyat miqyosida tarbiyalansa, ijtimoiy zaruriy kuchga – harakat va intilishdagi kuchga aylansa, qaniydi, deymiz. Bonuning tabiiy samimiyati, tabiiy oriyati o‘quvchini rom etadi va bizga harakatdagi kurashchanlik namunasi bo‘lib tuyuladi.

Ushbu mahsulot uchun hali sharhlar mavjud emas.
ISBN978-9943-8266-3-2
TilO'zbekcha
YozuvKrilcha
Betlar soni286
NashriyotFactor Books
MuqovasiYumshoq
Qog‘oz formatiA5
Chop etilgan yili2022

Tegishli mahsulotlar

Azboo
Azbo.uz kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab tovarlarni yetkazib beradi.

Aloqa haqida ma'lumot

  • Manzil: Tashkent, Baynalmilal
  • Telefon: +998 (55)-506-0102 +998 (55)-500-0102
  • Elektron pochta: azbouz@gmail.com